AsosiyJamiyat

Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi

'Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi'ning rasmi

19 noyabr City Palace mehmonxonasida BMTning “Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to`g`risi”dagi Konvensiyasi (CEDAW) Qo`mitasining tavsiyalarini bajarilishi yuzasidan davra suhbati bo`lib o`tdi.

Tadbir O`zbekiston xotin-qizlari qo`mitasi, Buyuk Britaniyaning elchixonasi hamda BMTning O`zbekistondagi Aholishunoslik jamg`armasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Davra suxbatida vazirlik va idora, xalqaro tashkilotlar hamda nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Tadbirni o`tkazishdan asosiy maqsad “Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to`g`risi”dagi Konvensiyasi (CEDAW) bo`yicha Qo`mitaning yakuniy tavsiyalarini bajarilishi yuzasidan O`zbekiston Respublikasining Beshinchi davriy ma`ruzasiga doir Xotin-qizlar qo`mitasining “Milliy harakatlar rejasi”ni amalga oshishi jarayonini muhokama, tahlil va sarhisob qilishdan iborat

O`zbekiston inson huquqlari sohasida 70 dan ortiq xalqaro hujjatlarga, xususan BMTning o`nta kelishuv hujjatlariga qo`shilgan hamda zimmasiga olgan barcha majburiyatlarni to`laqonli bajarib kelmoqda. Xalqaro me`yorlar va huquqiy standartlarga asosan Ayollar huquqini ta`minlash maqsadida O`zbekiston Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to`g`risi”dagi Konvensiyasi (CEDAW)ga qo`shilgan.

O`zbekiston Respublikasining Konvensiyaning asosiy qoidalari bo`yicha beshta hisoboti Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish yuzasidan o`tkazilgan BMT Qo`mitasining yig`ilishlarida ko`rib chiqilgan. O`zbekistonning beshinchi davriy hisobotni ko`rib chiqish natijasida, BMT qo`mitasi tomonidan yakuniy tavsiyalar berilgan.

Davra suxbati doirasida Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish bo`yicha tavsiyalarni bajarilishi yuzasidan ekspertlarning xulosalari hamda Milliy harakatlar rejasining bajarilishi yuzasidan asosiy natijalar tiglandi, rejaning amalga oshishida yuzaga kelgan kamchiliklarning sabablari tahlil qilindi hamda ularning bartaraf etish bo`yicha tegishli tavsiyalar berildi.

    Boshqa yangiliklar