Poytaxtimizdagi "City Palace" mehmonxonasida BMTning “Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to`g`risida“gi Konvensiyasi (CEDAW) qo`mitasi tavsiyalarining bajarilishi yuzasidan davra suhbati o`tkazildi. Unda O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi raisi Tanzila Norboeva so`zga chiqdi.
Norboevaning ta`kidlashicha “1146” ishonch telefonlariga qo`ng`iroq qilinib, ustidan shikoyat tushgan erkak jinoiy yoki ma`muriy javobgarlikka tortilishlaridan xavotir olganlar. Hozirgi kungacha mazkur telefonlar orqali 7 mingga yaqin murojaat kelib tushgan bo`lib, bir kun davomida eng ko`pi bilan 50-60 taga yaqin qo`ng`iroq amalga oshirilgan.
“Erkaklar qo`zg`oloni” bo`ldi, ular umuman ayollar uchun maxsus ishonch telefonlari ishga tushirilishini istashmadi. Ular “ishonch telefonlari” orqali shikoyat qilingan erkaklarga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atilishidan xavotir olishdi. Biz ularga bu huquqiy-maslahat, psixologiq qo`llab-quvvvatlov maqsadida tashkil etilganini tushuntirdik. Biz tushkunlikka tushgan ayolni ko`nglini ko`tarib, agar muammo erkak kishida bo`lsa, u bilan ham muloqot o`tkazishni ko`zlagandik. Maqsadimiz ularni jazoga tortish emas, balki ular bilan suhbat o`tkazib, to`g`ri yo`lga solish”, - deydi Norboeva.
Tanzila Norboeva bu haqda Bugun, Poytaxtimizdagi "City Palace" mehmonxonasida BMTning “Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to`g`risida“gi Konvensiyasi (CEDAW) qo`mitasi tavsiyalarining bajarilishi yuzasidan qurilgan davra suhbatidagi ma`ruzasi aytib o`tgan.






