AsosiyJinoyat

Surxondaryoda farzandini 1,5 mln so`mga sotayotgan shaxs ushlandi

'Surxondaryoda farzandini 1,5 mln so`mga sotayotgan shaxs ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura matbuot xizmati Surxondaryo viloyatida farzandini sotishga uringan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilganini xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, Departamentning Sho`rchi tuman bo`limi, tuman prokuraturasi va tuman IIB bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Ch.T. o`zining 13.10.2018 yilda tug`ilgan farzandi R.B.ni 1,5 mln. so`mga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro Ch.T.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar