1

Telefon talonchilari qo`lga olindi

Jinoyat 19.11.2018, 17:32
Telefon talonchilari qo`lga olindi

Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan avtomashinalarga texnik xizmat ko`rsatish shoxobchasida fuqaro J.R.ning yoniga biri kishi kelib, telefonidan qo`ng`iroq qilib olishni so`raydi. “Samsung” rusumli uyali telefon apparatini qo`lga olgan yigit o`ziga kerakli raqamlarni terishga chog`lanadi. Holi gaplashish bahonasida u asta yurib, telefon egasidan uzoqlasha boshlaydi. Sal yurgach uning qadamlari birdan tezlashib, voqea joyidan qochib ketadi.

Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Zangiota tumani O`rtavul qo`rg`onida yashovchi Sh.Q. sodir etgani aniqlangan.

Farg`ona shahrining Qo`qon ko`chasida joylashgan “Limon” savdo do`konida esa M.A. ismli ayol yuziga urilgan zarbdan o`zini yo`qotib qo`yadi. Shu orada unga tashlangan ayol uning “RED Mi-5” rusumli mobil telefonini tortib oladi.

Tezkor choralar natijasida ushbu jinoyatni Farg`ona shahrida yashovchi G.Q. ismli ayol sodir etganligi aniqlangan.

Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanidan bo`lgan xususiy tadbirkor D.T. esa ichki ishlar bo`limiga murojaat qilib, Do`stobod shahrida joylashgan maishiy texnika do`konida noma`lum shaxs uning “FLY” rusumli mobil telefonini tortib olganligini ma`lum qilgan.

Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qo`yichirchiq tumanida yashovchi D.Z. sodir etganligi aniqlangan.

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasidan ma`lum qilishlaricha, yuqoridagi barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1