AsosiyJamiyat

Toshkentdan Chimkent va Chimyongacha pulli yo`llar quriladi

'Toshkentdan Chimkent va Chimyongacha pulli yo`llar quriladi'ning rasmi

Toshkent shahar hokimiyatida Xitoyning "Shina Railway 14th Bureau Group So.LTd" kompaniyasi vakillari bilan bo`lib o`tgan uchrashuvda Toshkentda 2 yo`nalish bo`yicha pullik avtomobil yo`llari qurish masalasi muhokama qilindi, deb xabar qilmoqda hokimiyat matbuot xizmati.

Xususan, hokimlik tashabbusi bilan "Toshkent – Chimkent" (chegara postigacha) va "Toshkent – Chimyon" yo`nalishlarida pullik avtomobil yo`llari qurish masalasi muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda qurilish sohasida Xitoy metodikasi bo`yicha mutaxassislar tayyorlash masalalari ham ko`rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida Toshkent shahar hokimiyati xitoylik mutaxassislar yordamida quruvchilar tayyorlash uchun shahardagi to`rtta professional kollej – bazaviy o`qish maydoni sifatida tanlab olindi.

    Boshqa yangiliklar