1

Xitoy Kaliforniyaga tezyurar poezd etkazib beradi

Hi-tech 22.10.2014, 12:49
Xitoy Kaliforniyaga tezyurar poezd etkazib beradi

Xitoy davlat korporasiyasi CNR Kaliforniyaga tezyurar poezdni sotish taklifi bilan chiqmoqda. Bu so`nggi etti yil ichida eng uzun temir yo`lni qurib bitkazgan va ishga tushirgan Xitoyning eksport salohiyatini yanada oshirishga qaratilgan.

Ushbu holat Xitoynnig xorijga tezyurar poezdni sotish bo`yicha birinchi urinishidir. Aytish kerakki, ularga raqobatchi sifatida bu bozorda Germaniyaning Siemens, Kanadaning Bombardier va Yaponiyaning Kawasaki kompaniyalari qatnashmoqda.

CNR, Tangshan Railway va Amerikaning SunGroup USA kompaniyalari Kaliforniyada tezyurar temir yo`lini qurishga qaratilgan 68 mlrd. dollarlik loyihani amalga oshirish bo`yicha dastlabki arizani beradi. Loyiha doirasida 95 ta poezd etkazib berilishi nazarda tutilgan. Poezdning tezligi soatiga 354 kilometrni tashkil etadi, deb xabar beradi SunGroup agentligi vakili Reutersga.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1