1

Soxta hujjatlar bilan o`zganing nomiga kreditga maishiy texnika olgan shaxslar qo`lga olindi

Jinoyat 20.11.2018, 13:35
Soxta hujjatlar bilan o`zganing nomiga kreditga maishiy texnika olgan shaxslar qo`lga olindi

Shu yilning 18 noyabr kuni G.P. (ismli ayol) Farg`ona viloyatining Uchko`prik tuman IIBga murojaat qilib tushgan, deb xabar bermoqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Unda joriy yilning 10 oktyabr kuni noma`lum ayol J.R.ning Navro`z shox ko`chasida joylashgan kredit savdo do`koniga kelib o`zini “G.P.” deb tanishtirib, J.R.ga sohta hujjatlarni taqdim etib, mudatli to`lov sharti bilan oldi-sotdi shartnomasini imzolab, do`kondan umumiy qiymati 12 million 200 ming so`mlik maishiy texnika vositalarini firibgarlik yo`li bilan olib ketganligini ma`lum qilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan edi. Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qo`qon shahrida yashovchi M.Q. (ismli ayol) va U.X.lar sodir etganligi aniqlanib, ushlanganlar. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1