Toshkentda avtomashina salonidan 1 800 AQSh dollarini o`g`irlagan shaxs ushlandi

Jinoyat 21.11.2018, 14:48
Toshkentda avtomashina salonidan 1 800 AQSh dollarini o`g`irlagan shaxs ushlandi

Shu yil 7 avgust kuni noma`lum shaxs Toshkent shahrining Uchtepa tumanida joylashgan «Stroygorod» savdo majmuasi oldida qarovsiz qoldirilgan I.Sh.ga tegishli Lacetti rusumli avtomashina eshik qulfini buzish yo`li bilan ochib, salonidan 1 800 AQSh dollari bo`lgan hamyonni o`g`irlab ketgan.

Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Olmazor tumanida yashovchi J.M. sodir etganligi aniqlanib ushlandi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1