1

Navoiylik tadbirkor diler bo`laman deb 300 millionga chuv tushdi

Jinoyat 23.11.2018, 16:06
Navoiylik tadbirkor diler bo`laman deb 300 millionga chuv tushdi

21 noyabr kuni Navoiy shahrining Spitamen ko`chasida yashovchi Sh.I. IIBga murojaat qilgan.

Unda murojaatchi 2017 yil iyul oyida Karmana tumanida yashovchi A.A. unga viloyat bo`yicha yaxna ichimligining dillerligini olib berishini aytib, aldov yo`li bilan undan 300 mln. so`m pulini olib, bergan va`dasini bajarmay yurganligini ma`lum qilgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, ko`rilgan choralar natijasida A.A. ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1