Bugun, 28 noyabr kuni Namangan shahrida "To`ylar" aksiyasi tashkil etildi. Unda 2 ta nikoh hamda 12 ta xatna to`ylari o`tkazib berildi. Bu haqda "Vaqf" xayriya jamoat fondi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu aksiya doirasida ko`plab saxovatpesha yurtdoshlarimiz tomonidan ushbu aksiyaga bosh qo`shildi. Qilingan xayru ehsonlarni Alloh o`z dargohida qabul qilsin.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi «Diniy-ma`rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi PF-5416 son Farmoniga asosan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan, imkoniyati cheklangan shaxslarni moddiy va ma`naviy qo`llab-quvvatlash vazifalari yangi tashkil etilayotgan "Vaqf" fondi zimmasiga yuklangan edi.
"Vaqf" fondi mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari va kam ta`minlangan oilalarning farzandlarini nikoh va aqiqa to`ylarini o`tkazib berish bo`yicha "To`ylar" nomli aksiya e`lon qilingan edi.
Oila qurishda yordam berishdek savobli ishlarga barchamiz ulush qo`shaylik!













