1

Xitoy kosmik apparati Oy atrofida aylanib, Erga qaytib keladi

Hi-tech 23.10.2014, 15:25
Xitoy kosmik apparati Oy atrofida aylanib, Erga qaytib keladi

Yaqin kunlarda — juma yoki shanba kuni — Xitoy Oyga kosmik apparatini uchiradi. U tabiiy yo`ldosh atrofida aylanib, so`ng Erga qaytadi. Bu haqda Xitoy OAVlariga tayangan holda «Vedomosti» xabar bermoqda.

«Oy atrofidagi taxminan bir haftalik parvozdan so`ng kosmik kema Erga qaytib, mamlakatimiz hududiga qo`nadi», — deb qayd etmoqda Xitoy OAVlari.

Mazkur parvoz «Chan`e» Xitoy kosmik apparatlari dasturini amalga oshirishda yangi tajriba bo`ladi. Yangi apparatning nomi hali e`lon qilinganicha yo`q.

Parvoz Sichuan provinsiyasining «Sichan» kosmodromidan amalga oshirilishi kerak.

Bu missiya davomida qo`llaniladigan texnologiyalar «Chan`e-5» apparatida ham foydalaniladi. Ushbu apparatni 2017 yilda ishga tushirish rejalashtirilmoqda. U Oydagi tuproq namunalaridan olib, ularni Erga etkazish maqsadida uchiriladi.

2013 yilda «Chan`e-3» Xitoy zondi Oy sathiga qo`ngan. Uning bortida «Yuytu» (Nefrit quyoni) nomli lunoxod bo`lib, apparat tabiiy yo`ldoshning geologik tuzilishini o`rganish maqsadida yuborilgan edi. Ayrim texnik nosozliklarga qaramasdan, Xitoy hukumati mazkur missiyani muvaffaqiyatli deb topgan.

daryo.uz

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1