AsosiyJamiyat

Mudofaa vazirligi qo`shinlarining jangovar o`quv mashg`ulotlari yakunlandi

'Mudofaa vazirligi qo`shinlarining jangovar o`quv mashg`ulotlari yakunlandi'ning rasmi

Oldin xabar berilganidek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo`mondonining farmoyishiga binoan 26 noyabr erta tongda Mudofaa vazirligi qo`shinlarining jangovar shayligini tekshirish uchun boshlangan keng ko`lamli o`quv mashg`ulotlari besh kun davomida o`tkazildi. Tekshiruv davomida qo`shinlar mamlakatimizdagi sakkizta dala o`quv maydonlarida amaliy mashqlar bajardi.

Bugun, 30 noyabr kuni vazirlik qo`shinlari yuqori jangovar shayligini tekshirishning kompleks tadbirlari yakunlandi.

"Og`ir yuk mashinalari va jangovar texnikalardan iborat kolonnalarning harbiy qism hududlariga avtomobil yo`llari orqali qaytarilishi munosabati bilan, shuningdek, ko`ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi mamlakatimiz fuqarolaridan harakatlanuvchi kolonnalarga xalaqit bermaslikni, yo`l harakati qoidalariga qat`iy rioya etish va yo`l-patrul xizmati xodimlarining talablarini so`zsiz bajarishni so`raydi", - deyilgan vazirlik rasmiy xabarida.

    Boshqa yangiliklar