1

​Namanganda fuqaro "Captiva" sotib olaman deb aldanib qoldi

Jinoyat 02.12.2018, 20:08
​Namanganda fuqaro "Captiva" sotib olaman deb aldanib qoldi

2018 yilning 25 noyabr kuni Namangan shahrida fuqaro B.M. IIBga murojaat qilib, unda shu yil mart oyida tanishi D.M. (ismli ayol) Namangan shahrida joylashgan “Chorsu” bozori oldida unga “Captiva” rusumli avtomashina olib berishlikni aytib, aldov yo`li bilan B.M.dan 20 150 AQSh dollarini olib, pullarni o`z ehtiyoji yo`lida ishlatib yuborib, shu kunga qadar qaytarib bermaganligini ma`lum qilgan.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

D.M. qo`lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov haraktalari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1