Buxoroda diniy ekstremistik tashkilot a`zosi qo`lga olindi

Jinoyat 03.12.2018, 21:36
Buxoroda diniy ekstremistik tashkilot a`zosi qo`lga olindi

Buxoro viloyati G`ijduvon tumani “Jovgari” mahallasida yashovchi, muqaddam sudlangan, 1982 yilda tug`ilgan fuqaro Carvar Komilov (ismi o`zgartirilgan) 2012 yilning yanvar oyidan boshlab, Toshkent shahrida Doniyor Abduvaliev rahbarligida tashkil qilingan, O`zbekiston Respublikasida faoliyati taqiqlangan ekstremistik tashkilotga a`zo bo`lgan. Bu haqda Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati xabar qildi.

Jamoat a`zolari bilan birgalikda ushbu terrorchilik tashkilotining “Jundulloh” studiyasi tomonidan tayyorlangan diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik mazmundagi ma`ruzalar va boshqa shu kabi oqimlarni targ`ib qiluvchi audio-video yozuvlarni tinglab, tomosha qilib, ularni qo`llab-quvvatlab, xalqaro terroristik tashkilot safiga qo`shilgan. Maxsus o`quvdan o`tgan holda qurolli guruhlar bilan terrorchilik harakatlarida ishtirok etish maqsadida 2014 yil avgust oyida Rossiya Federasiyasidan Turkiya davlati orqali Yaqin Sharq davlatlaridan biriga chiqib ketganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 244-bandi 2-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1