Toshkent – Xiva yo`nalishi bo`yicha poytaxtimizdan yo`lga chiqqan elektropoezd Urganch – Xiva temir yo`l yo`nalishi bo`yicha “Xiva” temir yo`l vokzaliga jo`nab ketdi, deb xabar bermoqda O`zA.
Endilikda “Urganch” vokzalidan yo`lovchilar manziliga yangi yo`nalish bo`yicha qatnaydigan bo`ldi. Eslatib o`tamiz, Prezidentimiz tashabbusi bilan Urganchdan Xiva shahriga qariyb 30 kilometr masofadagi temir yo`l tashkil etildi.
Mutaxassislarning ta`kidlashicha, ushbu loyihaning amalga oshirilishi, eng avvalo, yo`lovchilarga transport xizmati ko`rsatish sifatini oshiradi. Ortiqcha vaqt va xarajat tejaladi.









