1

Bojxonachilar poezd kupesidagi yostiq ichiga yashirilgan o`q-dorilarni topishdi

Jinoyat 04.12.2018, 21:26
Bojxonachilar poezd kupesidagi yostiq ichiga yashirilgan o`q-dorilarni topishdi

“Qoraqalpog`iston” temir yo`l stansiyasida 324-sonli “Volgograd-Toshkent” yo`lovchi poezdida harakatlanayotgan fuqaro Q.U.ning harakatlari bojxona xodimlarida shubha uyg`otdi, deb xabar beradi Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati.

Ushbu shaxs joylashgan kupe vagoni bojxona nazoratidan o`tkazilganida, u yostiq ichiga 75 dona ov miltig`i gilzalari va 5 kg drobni yashirgan holda yurtimizga olib kirishga uringanligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1