1

Chiroqchida yigit yolg`on xabar yo`llagani uchun qo`lga olindi

Jinoyat 05.12.2018, 10:32
Chiroqchida yigit yolg`on xabar yo`llagani uchun qo`lga olindi

Qashqadaryo viloyatining, Chiroqchi tumanida yashovchi T.Y. tanishi orqali telefoniga paynetdan pul tashlattiradi.

Qarangki, SMS kelmaydi. Natijada u "Bilayn" uyali aloqa kompaniyasi operator raqamiga "Shu nomerni tekshirib bering", "Telefon qiling, savolim bor", "Javob bering", "Pul tushmayapti, nimaga ulangan bo`lsa o`chirib beringlar" degan mazmunda xabarlar yozadi.

Operator ham uxlab qolgan shekilli. Biror marta bo`lsin javob qaytarmaydi. Bundan jahli chiqqan T.Y. aloqa kompaniyasi e`tiborini tortishning boshqa yo`lini topadi.

Shunda u operatorga "Yordam. Terroristlar qo`lidaman" deb SMS jo`natadi. Bilmaydiki, bu bilan boshqa idora e`tiborini ham tortganini.

"Qashqadaryo" gazetasi xabariga ko`ra, yigit yolg`on xabar yo`llagani uchun qo`lga olindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1