AsosiyJamiyat

Yoshlar ittifoqi kafilligi asosida sud zalidan ozod qilinganlar bugun nima ish bilan shug`ullanmoqda?

'Yoshlar ittifoqi kafilligi asosida sud zalidan ozod qilinganlar bugun nima ish bilan shug`ullanmoqda?'ning rasmi

Hayot insonni har on, har daqiqada tarbiyalab boradi. Har bir insonga esa xatosini tuzatish uchun imkoni berish kifoya. Yoshlar ittifoqi kafilligi asosida sud zalidan ozod qilingan yoshlar kelgusida nima bilan shug`ullanadi.

To`g`ri, ularning ko`pchiligi ishlab chiqarish korxonasi yoki fermer xo`jaligiga biriktirib qo`yiladi. Shuningdek, ularning jinoyat sodir etishga moyilligi hisobga olinib, 386 nafar yoshning har biriga hududlarda faoliyat yuritayotgan Temurbeklar maktabi hamda harbiy qism ofiserlari mas`ul etib biriktirilgan.

“Mamlakatimizda jinoyatchilikni oldini olishning dolzarb masalalari va kelgusidagi vazifalar” mavzusidagi respublika amaliy anjumanida yoshlar uchun yana bir ibrat maktabi tashkil etilgani qayd etildi. Balki bu ibrat emas, fikr maktabidir. Nima bo`lganda ham 450 nafardan ziyod tarbiyasi og`ir, IIB profilaktik hisobida turuvchi, jinoyat sodir etishga moyilligi yuqori bo`lgan voyaga etmaganlar jazo o`tash muassasalariga olib borildi.

Ular jazo muddatini o`tayotgan tengdoshlari bilan uchrashdi. Muloqot qilib, mahkumlarning dil so`zlari, iztirob va azobli pushaymonlarini tingladilar.

Bu erdagi sharoit, ota-ona bag`ridagi, erkin hayotdan tubdan farq qilishiga yana bir bor guvoh bo`lgan bu yoshlar o`zlari uchun to`g`ri va baxtli hayot yo`lini aniqlab olishlariga ishonilmoqda. Biz ham shunga umid qilamiz. Zero, yoshlari baxtli mamlakatning ota-onalari ham baxtiyor yashaydilar.

    Boshqa yangiliklar