1

Qo`qonda 12 ming dollar bilan valyutafurush qo`lga tushdi

Jinoyat 06.12.2018, 09:58
Qo`qonda 12 ming dollar bilan valyutafurush qo`lga tushdi

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qo`qon shahar bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida 12 000 AQSh dollarini sotayotgan valyutafurush jinoyat ustida qo`lga olindi.

Farg`ona viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan noqonuniy valyuta savdosi bilan shug`ullanuvchi shaxslarni aniqlash borasida bir qancha ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Qo`qon shahrida ham o`tkazilgan tadbir davomida yana bir valyutafurush faoliyatiga chek qo`yildi. Fuqaro R. Mamajonov shoshilinch tez tibbiy yordam shifoxonasida maxsus xaridorga har bir AQSh dollarini 8 360 so`mdan jami 12 000 AQSh dollarini 100 million 320 ming so`mga sotishga kelishib, sotayotgan vaqtda daliliy ashyo bilan ushlandi.

Tezkor tadbir natijasida fosh qilingan valyutafurushga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 177-moddasi («Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o`tkazish») 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, u tomonidan muomalaga kiritilgan valyuta ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1