1

​Surxondaryoda o`g`rilikka qo`l urgan o`quvchilarning qilmishi oshkor bo`ldi

Jinoyat 06.12.2018, 15:18
​Surxondaryoda o`g`rilikka qo`l urgan o`quvchilarning qilmishi oshkor bo`ldi

Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanidagi “Etimqum” mahallasida yashovchi tadbirkor Nozim Haqqulov (ism-shariflar o`zgartirilgan) ichki ishlar idorasiga murojaat etib, tungi soat uchlarda “Qiziriq dehqon (oziq-ovqat) bozori” mas`uliyati cheklangan jamiyati hududidagi savdo do`konidan qariyb 19 million so`mlik tovari hamda 4 million 600 ming so`m puli o`g`irlab ketilganini xabar qiladi.

Zudlik bilan olib borilgan qidiruv ishlari natijasida o`g`rilar topildi. Tumandagi Shodlik hamda Do`stlik mahallasida yashovchi 17 yoshdagi maktab o`quvchilari Jobir Sobirov, Bo`ri Qo`ziev va 18 yoshdagi kollej o`quvchisi Qo`chqor Layloevlar ushlanib, ashyoviy dalil olindi. Ular do`kondan olti dona har biri 1 million 400 ming so`mlik va uch dona har biri 1.650.000 so`mlik “Artel” televizorlarini, har biri 2.800.000 so`mlik 2 dona “Lenovo” rusumli noutbuk kompyuteri hamda do`kondagi kassa apparati yonida turgan 4 million 600 ming so`m pullarini o`g`irlab ketgan ekan.

O`zA xabariga ko`ra, ayni paytda o`g`ri o`quvchilarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v, g” bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1