Istanbulda bo`lib o`tgan musulmon davlatlar o`rtasidagi pazandachilik chempionatida O`zbekiston jamoasi faxrli birinchi o`rinni egalladi.
Bu haqda O`zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Mohir oshpazlar halol taom tayyorlash bo`yicha kuch sinashishdi. O`zbekiston sharafini Xalqaro o`zbek pazandachiligi san`ati markazi usta-oshpazi Ahmad Hamdamov va ushbu markaz bitiruvchisi Nodir Tohirjonov himoya qilishdi.
Tanlov yakunida ular tayyorlagan taomlar birinchi o`ringa sazovor deb topildi.






