AsosiyJinoyat

Uzoq qidiruvda bo`lgan firibgar qo`lga tushdi

'Uzoq qidiruvda bo`lgan firibgar qo`lga tushdi'ning rasmi

2018 yil 4 dekabr kuni soat 23:30 da Mirobod tumanida PPX xodimlari jinoyat sodir etganlikda gumonlanuvchi 41 yoshli B.Sh.ni qo`lga olishdi, deb xabar qildi Toshkent IIBB matbuot xizmati.

Tekshiruv davomida ma`lum bo`lishicha, qo`lga olingan shaxs joriy yil oktyabr oyidan buyon Xorazm viloyatida qidiruvga e`lon qilingan.

B.Sh. firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda gumonlanadi.

Qo`lga olingach, B.Sh. Mirobod tumani IIO FMBga topshirildi.

    Boshqa yangiliklar