1

Navoiyda bosqinchilik sodir etgan guruhning 9 a`zosi qo`lga olindi

Jinoyat 07.12.2018, 15:09
Navoiyda bosqinchilik sodir etgan guruhning 9 a`zosi qo`lga olindi

Shu yilning 4 dekabr kuni Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi korxonalardan birining qorovuli V.V. bosqinchilik sodir etilgani haqida IIBga murojaat qilgan.

Unda, shu kuni noma`lum shaxslar korxona hududiga kirib, uni kuch ishlatish yo`li bilan qo`rqitib, “Samsung” mobil telefonini tortib olib, rangli metallar saqlanadigan omborxona qulfini buzib ochib, metall parchalarini olib ketayotgan vaqtlarida korxona ishchisi S.R. kelib qolishi oqibatida jinoiy harakatlarini oxiriga etkaza olmay oq rangli davlat raqamlari bo`lmagan “Ford” rusumli avtomashinada voqea joyidan yashiringanliklarini ma`lum qilgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan edi.

Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Karmana tumani Yangiobod mahallasida yashovchi X.A., N.M., U.N., A.I., D.X., A.X., N.N.lar va Buxoro viloyatida yashovchi O`.X., M.A.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1