1

"O`zbekistonning 100 nodir qo`lyozmasi" asl vataniga qaytariladi

Madaniyat 07.12.2018, 16:26
"O`zbekistonning 100 nodir qo`lyozmasi" asl vataniga qaytariladi

O`zbekiston zamini azaldan dunyo tamadunining qadimiy beshiklaridan biri bo`lib kelgan. Bu qadimiy yurtdan etishib chiqqan allomalar, ularning betakror ijodi, yaratgan ilmiy va badiiy merosi bugun ham jahon ilm ahlini hayratlantirib kelmoqda. Ajdodlarimizning aqlu zakosi, teran tafakkuri, qalb qo`riyu ko`z nuri bilan yaratilgan durdonalarni bugungi kunda dunyoning turli hududlaridan, yuzlab yirik kutubxona va muzeylardan, shaxsiy koleksiyalaridan topish mumkin.

2018 yil 10-11 dekabr kuni Toshkentda “O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida” loyihasining 2018 yil yakunlari va "Yo`l xaritasi-2019"ni ishlab chiqishga bag`ishlangan xalqaro multimediya forumi bo`lib o`tadi. Mazkur forumda dunyoning turli mamlakatlaridan 300 nafardan ortiq sharqshunos, tarixchi va san`atshunos olimlar, yirik muzey va kutubxonalar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

– Forum kun tartibidan o`rin olgan yangi loyihalardan biri “O`zbekistonning 100 nodir qo`lyozmasi” deb nomlanadi, deydi loyiha rahbari Firdavs Abduxoliqov. – Ushbu loyiha turli mamlakatlardagi ilmiy va madaniy muassasalarda saqlanayotgan, bevosita O`zbekistonga tegishli bo`lgan qo`lyozmalarni izlab topish va ularning faksimile nusxalarini mamlakatimizga olib kelish bilan bog`liq. Ayni paytga qadar mazkur loyiha doirasida bir qator durdona asarlarning faksimile nusxalari Evropa texnologiyalari asosida ko`paytirilib, yurtimizga olib kelindi.

Ular qatorida “Temur tuzuklari”, “Devoniy Husayniy”, “Me`rojnoma”, “Ravzatus-safo” singari noyob asarlarni misol keltirishimiz mumkin. Biz xorijiy mamlakatlarga qilgan ekspedisiyalarimiz davomida Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy singari ajdodlarimizning bebaho asarlarini topdik. “O`zbekistonning 100 nodir qo`lyozmasi” loyihasi bo`yicha ularning faksimle nusxalarini olish bo`icha tegishli muassasalar bilan muzokaralar olib boryapmiz.

Hali yuzlab ana shunday nodir qo`lyozmalar dunyoning turli hududlarida sochilib yotibdi. Ularning ayrimlari bizning ilmiy jamoatchiligimiz uchun sirligicha qolmoqda.

Loyihadan ko`zda tutilgan maqsad ham bu bebaho boylikni xalqimizga qaytarish, shu bilan birga O`zbekistonning tarixiy haqiqatini, boy madaniy merosini, ma`naviy salohiyatini namoyish qilishdan iborat.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1