1

Qalbaki hujjat tayyorlagan fuqaro qo`lga olindi

Jinoyat 08.12.2018, 09:33
Qalbaki hujjat tayyorlagan fuqaro qo`lga olindi

2018 yil noyabr oyda Farg`ona viloyati, Buvayda tumanida yashovchi G`.Z. Rishton tumanida yashovchi 4 nafar fuqarolarning nomiga traktor va tirkamalarni rasmiylashtirish uchun qalbaki ravishda tayyorlangan texnik pasportlar va oldi-sotdi shartnomalarni Inspeksiyaning Farg`ona viloyati, Rishton tuman bo`limiga taqdim etgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko`ra, mazkur holat yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, fuqaro G`.Z. o`z aybiga iqror bo`lib, ushbu qalbaki hujjatlarni Andijon viloyati, Andijon shahrida yashovchi G.G.dan 200 ming so`mga sotib olganligini bildirib, bu haqida ariza bilan murojaat qilgan.

Fuqaro G`.Z.ning arizasiga asosan o`tkazilgan tadbirda, Andijon shahrida yashovchi G.G. tanishi G`.Z.ga fuqaro X.A. nomiga «T-28x4m» rusumli traktorga egalik huquqini beruvchi qalbaki texnik pasport va oldi-sotdi shartnomani 200 ming so`m evaziga sotayotgan vaqtda xolislarning ishtirokida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro G.G. va boshqalarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1