AsosiyJamiyat

"​Toshkent–Qo`ng`irot–Toshkent" yo`nalishiga o`zgartirish kiritildi

'"​Toshkent–Qo`ng`irot–Toshkent" yo`nalishiga o`zgartirish kiritildi'ning rasmi

Joriy yilning 12 dekabr kunidan boshlab "Toshkent–Qo`ng`irot–Toshkent" yo`nalishida xaftaning bir kunida qatnovni amalga oshirib kelayotgan №52/51 yo`lovchi poezdi xarakat jadvaliga o`zgartirish kiritildi.

Bu haqda "O`zbekiston temir yo`llari" matbuot xizmati xabar berdi.

"Poezd endilikda Toshkentdan Qo`ng`irot tomon xaftaning har payshanbasida emas, balki chorshanba kuni qatnovni amalga oshiradi. Qo`ng`irotdan esa payshanba kuni emas, juma kuni poytaxt tomon xarakatlanadi", - deyilgan xabarda.

    Boshqa yangiliklar