Hukumat qarori bilan “Xalq ta`limi fidoyisi” ko`krak nishoni to`g`risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma`lum qilindi.
Ko`krak nishoni bilan xalq ta`limi sohasida fidokorona mehnat qilgan hamda xalq ta`limi sohasiga rivojiga munosib hissa qo`shgan fuqarolar taqdirlanadi.
Ko`krak nishoni bilan O`zbekiston fuqarosi bo`lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.
Nishon har yili O`qituvchi va murabbiylar kuni bayrami arafasida Xalq ta`limi vaziri tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.
Nishon bilan mukofotlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining 4 baravarimiqdoridagi bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
“Xalq ta`limi fidoyisi” ko`krak nishoni bilan taqdirlash bo`yicha hujjatlarni taqdim etish va ko`rib chiqish sxemasi quyida keltirilgan:
@huquqiy_axborot





