Ushbu tahririyatda 2014 yildan beri obuna masalasiga biror-bir tashkilot aralashmagan. Hammasini tahririyat va uning xodimlari tashkil etadi. Yo`q, bu siz o`ylaganingizdek, xususiy nashrlardan biri emas, Andijonning Oltinko`l tumani hokimligi muassisligida chop etiladigan "Oltinko`l" gazetasi.
OLTINKO`L TAJRIBASI
– Uzoq yillar mobaynida gazetamiz obunachilarga o`z vaqtida etib bormayotganidan aziyatchekkach, 2014 yilda bu masalada jiddiy bosh qotirdik, – deya gapirib bergandi gazetaningo`sha paytdagi muharriri Faxriddin Parpiev. – Obunani ham, gazeta tarqatilishini hamo`zimiz tashkil etsak-chi, degan taklifni o`rtaga tashladik. Obunani ushbu ish bilanshug`ullangan tashkilotlar orqali emas, tahririyatning o`zida tashkil etishga erishdik.Gazeta tarqatuvchilarni ishga qabul qildik. Tuman miqyosida velosipedda 20 ga yaqingazeta tarqatuvchilarimiz bor edi. Ular shunchaki gazeta tarqatuvchi emas, ma`naviyattarqatuvchi, desak to`g`riroq bo`ladi. Gazeta tarqatishi barobarida ular joylardanxabarlar olib kelar va bu axborotlar gazetada chop etilardi. Ularning maoshi tarqatgangazetasi soni bilan o`lchanardi. Obunani ham shu gazeta tarqatuvchilarimiz amalgaoshirardi. Natija biz o`ylagandan ham yaxshi bo`ldi, hisobimizda etarlicha mablag`bo`lgani tufayli bizda yaxshi ijod qiladigan muxbirlar ishladi.
Qator yillardan beri shu tizimda ishlab kelayotgan, majburiy obuna katalogigakiritilmagan gazeta tajribasini bir necha viloyat tahririyati jamoalari boribo`rganishgan. Joriy etishganmi, yo`qmi, bilmadim. Bu usul tahririyatning o`zida hozirham davom etyaptimikan, degan savol bilan F.Parpievga qo`ng`iroq qildim. U kishi aynipaytda tuman hokimi o`rinbosari sifatida faoliyat yuritayotgan ekan. Ammo bu tajribayo`qolmasligiga ishonch bildirdi.
Joriy yil Samarqanddagi ba`zi tuman gazetalari ham shu tajribani qo`llab ko`rishyo`lida ish boshladi. Misol uchun, "Jomboy tongi" gazetasi tahririyati obunachilarning90 foiziga gazetani o`zlari tarqatishni rejalashtirmoqda. O`sha, velosiped usulida.Ba`zi tuman gazetalari targ`ibotni kuchaytirgan, yana birlari aksiya e`lon qilgan.Xullas, yashash uchun kurash yo`lida jadal ishlar davom etmoqda. Bu kabi yangichayondashuvlar shu jamiyatda mehnat qilayotgan bir muxbir sifatida bizni quvontiradi,albatta. Ammo hamon bizni tashlab qo`yishmaydi, degan fikr bilan bamaylixotir yurgangazetalar ham yo`q emas.
Gazetalar kerakmi, majburiy obuna masalalarida uzoq bahsli tortishuvlar davomidaMDH davlatlari, xususan, Rossiyada rayon gazetalari qanday yashayotganligi haqidasavolimga javobni internetdagi qidiruv saytlaridan topdim. Qizig`i, ularda ham ahvolmaqtangulik emas ekan. Turli fikr-mulohazalar bildirilgan maqolalarning mazmun-mohiyati asosan yashab qolish yo`llari haqida edi. Ularning orasida bor-yo`g`i 20 mingaholisi mavjud bo`lgan Baykalortidagi Baley rayon gazetasi muharriri LarisaTroegubovaning maqolasini o`qib chiqdim. Aynan hozir bizning gazetachilarimiz oldidaturgan muammolar ularni ham qiynab kelayotgani ma`lum bo`ldi. Xo`sh, ular bunday qiyinvaziyatdan qanday chiqib ketmoqda? Maqolada savollarimizga ham javob olishimizmumkin (aksar o`qiganlarim mazmuni bilan deyarli bir xil bo`lgani uchun aynan shumaqolani e`tiboringizga havola etmoqchiman).
"BALEYSKAYa NOV" YaShAB QOLIShIGA IShONADI
"Hozir bizning "Baleyskaya nov" gazetamiz bir haftada ikki marta, bir yarim mingnusxada chop etiladi. Sovet ittifoqi davridagi "Baleyskiy rabochiy" gazetasiningvorisi bo`lgan ushbu nashr o`sha davrlarda o`n ming nusxada, haftasiga uch marta nashretilgandi.
O`z-o`zini qoplash sharoitida yashab qolish imkoniyati deyarli yo`q. Biz ko`plab reklamaberuvchilar bilan ishlaymiz. Ularning geografiyasi ham turlicha. Ammo shunday bo`lishigaqaramay, byudjetimizning 50 foizini munisipalitet subsidiyalari tashkil etadi. Bizgazetamizda hokimlik qarorlari hamda me`yoriy hujjatlarni e`lon qilib boramiz.O`ylashimcha, moliyaviy ko`makka bugungi kunda barcha rayon gazetalari muhtoj. Siz birorjoyda o`z daromadlari evaziga kun ko`rayotgan rayon gazetasini ko`rganmisiz?
To`g`ri, bugun har bir rayon nashri elektron versiyasiga ega. Ammo gazetalarning qog`ozvariantini chop etishni to`xtatishni hech kim xayoliga ham keltirgani yo`q. Birinchidan,bizning asosiy o`quvchilarimiz yoshi katta kishilar. Ularning hammasida ham internetdaishlash imkoniyati yo`q. Garchi saytimiz yoshlar o`rtasida ommalashgan bo`lsa-da, ammo ungakatta talab yo`q.
Gazeta — tirik organizm, obuna narxi qimmatroq, shuning uchun aksar hollarda gazetasotib olish uchun odamlar tahririyatga kelishadi. Shu erning o`zida gazetadagi maqolalarhaqida fikr bildirib ketishadi: ba`zida maqtov eshitamiz, kezi kelganda haqorat…Aytish kerakki, bizning o`quvchilar uchun axborotni gazeta holida o`qish ko`proq yoqadi,bunga ko`p marta amin bo`lganmiz.
Umuman olganda, "internet bosma nashrlarga qarshi" tezisi yangilik emas. Ammo hali-hanuz gazetalar nashr etilmoqda, qaysidir yopilsa-da, o`rniga boshqasi tashkil etilayotir. Rossiya hukumati tomonidan mahalliy OAVni qo`llab-quvvatlash variantlari o`ylabchiqilmoqda. Nima bo`lgan taqdirda ham rayon gazetalari, ya`ni ijtimoiy-siyosiy gazetalar ko`ngilochar va reklama bilan shug`ullanuvchi gazetalardan farqli o`laroq,qanday bo`lmasin yashab qolish uchun kurashmoqda. Garchi reklamadan tushayotgan mablag`bo`lishiga qaramay, bizga rayon ko`magi katta madad bo`layotir.
Umuman, bosma OAVning rivojlanishiga nima to`siq bo`lmoqda? Bugun obuna bahosiningqariyb 70 foizini "Rossiya pochtasi" olib qo`yadi. Bunaqasi biznesning biror-birsohasida yo`q. Ammo obunachiga gazeta etkazib berishning to`lovi shunday. Afsuski,gazetani o`z vaqtida va sifatli etkazib berish majburiyatini bu tashkilot etarlidarajada amalga oshirmaydi. Shuning uchun deyarli har kuni odamlar "Gazetangizga obunabo`lmaymiz, uni o`z vaqtida etkazishmaydi!", deya shikoyat qilishadi. Shu tariqa yaxshiginasumma to`lab obuna bo`lgan o`quvchilarimizni yo`qota boshladik.
Pochta tariflarining yuqori stavkasi, qog`oz narxining kundan-kunga oshib borayotgani,nashriyotlar uchun soliq preferensiyalarining yo`qligi – bosma nashrlarning bu kabimuammolarining hal etilishi sohadagi vaziyatni o`zgartirishi mumkin. Bu esa hukumatirodasi bilan bog`liq.
Pessimistik bashoratlarga qaramay, oblast, rayon hamda shahar gazetalari bizga qabrqazishga shoshmang, deya bong urmoqda. Hozircha minglab odamlar sifatli va aniqma`lumotga ega bo`lishni istayotgan ekan, baleyliklar gazeta sotib olayotgan ekan –gazetalar yashaydi".
XAVF BOR, AMMO UNDAN ChIQISh YO`LI HAM
– To`g`ri, hududiy hokimliklarning byudjetdan ijtimoiy-siyosiy gazetalarga pulajratishi nafaqat Rossiya, balki boshqa qator rivojlangan davlatlarda ham bor, – deydiJurnalistika va ommaviy kommunikasiya universiteti dosenti Akbar Nurmatov. –Majburiy obuna, tabiiyki, matbuotning yashab ketishi uchun yo`l emas, bunday usul birorqoidalarga to`g`ri kelmaydi.
Qator Evropa davlatlari, misol uchun, Fransiya, Germaniyaning ham chekka hududdaginashrlarni qo`llab-quvvatlash yoki aholining u yoki bu ijtimoiy qatlamiga bepul gazetaetkazib berishni ta`minlash maqsadida matbuotga etarli miqdorda mablag` ajratishihaqida eshitganmiz.
Endilikda mahalliy hokimliklar ham boshqa davlatlardagi singari o`z nashrining yashabqolishi uchun harakat qilishi lozim, nazarimizda. Aks holda, ayni vaziyatda bu gazetalaryopilib ketish xavfi ostida. To`g`ri, bu usulning ham tahririyat ijodiy jamoasi uchunsalbiy tomonlari bor. Deylik, mablag` kelib turgach, jamoada boqimandalik kayfiyatiuyg`onishi ham mumkin. Shuning uchun gazetaga sarflanadigan mablag`ning ma`lum qismimuassis tomonidan qoplansa-yu, qolgani obunchilar mablag`i evaziga yuritilsa, nazarimdamaqsadga muvofiq bo`lardi.
Hozirgi biz bilib, kuzatib turgan pallada tahririyatlarning beparvoligigamuassislarning ham e`tiborsizligi qo`shilsa, gazetalar keskin yopilib ketish xavfi bor.Tabiiyki, yo`qotilgan narsani tiklashdan og`irrog`i yo`q, ammo uni asrab qolish uchunhozircha bir nechta yo`llar bor – muassis va tahririyat hamkorligi, gazetalardagimaqolalar sifati oshishi, tahririyat o`z navbatida o`quvchilari bilan aloqani yo`lga qo`yibolishi kabi. Ayni pallada esa tahririyatlar baribir muassis ko`magiga muhtoj, hattosifatini oshirib olish masalasida ham.
Gulruh MO`MINOVA.