Toshkent shahrining Yunusobod tumanida topilgan qizning ota-onasi qidirilmoqda, deya xabar qilmoqda Toshkent IIBB.
Qiz 9 dekabr kuni Yunusobodning 11 kvartalida topilgan. Qizning aytishicha uning ismi Isaeva Lida Tulkinovna, lekin qaerda yashashini bilmaydi. Hozirda Lida Toshkent shahar IIBB voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko`rsatish Markazida bo`lib turipdi.
Lidaning belgilari: bo`yi 85-90 sm, sochlari och rangda, uzunligi elkasigacha, ko`zlari qora.
Qizni tanigan va bilganlar bo`lsa Toshkent shahar IIBB voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko`rsatish Markaziga yoki 71-231-87-56, 102 telefon raqamlariga murojaat qilishlari so`raladi.
Markaz manzili: Toshkent sh., Yunusobod tumani, Xushnavo ko`chasi, 102.
11.12.2018 15:35
Toshkentning Yunusobod tumanida topilgan qizning ota-onasi qidirilmoqda






