AsosiyJamiyat

Chilonzor tumani hokimi xonadoniga o`g`ri tushdi

'Chilonzor tumani hokimi xonadoniga o`g`ri tushdi'ning rasmi

O`tgan haftada Chilonzor tumani hokimi Sarvar Maxametovning uyini tunab ketishdi.

Kun.uz nashri ma`lum qilishicha, voqea 5 dekabr kuni sodir bo`lgan, o`g`rilar uydan katta miqdordagi mablag`larni olib chiqib ketishgan.

Bosh prokuraturatura matbuot xizmatining Kun.uz muxbiriga xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan Yunusobod tuman IIB FMB tomonidan JKning 169-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Ayni vaqtga kelib, o`g`rilikda gumonlangan 3 kishi qo`lga olingan.

«Tergov-tezkor tadbirlar natijasida 07.12.2018 yil M.M., Q.G. va G.R. ushlanib, o`tkazilgan tintuv tergov harakatlari davomida M.M.ning xonadonidan o`g`irlangan ashyolar olingan.

M.M., Q.G. va G.R. 09.12.2018 yil jinoyat ishi yuzasidan JKning 169-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi chorasi qo`llangan», deyiladi prokuratura xabarida.

Xabarda qayd etilishicha, jabrlanuvchi Chilonzor tumani hokimining turmush o`rtog`i hisoblanadi. Prokuratura o`g`irlangan pullar miqdoriga aniqlik kiritmagan.

Ayni vaqtda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Ma`lumot uchun, Sarvar Maxametov shu yilning oktyabridan buyon Chilonzor tumani hokimi hisoblanadi. U 2010-2016 yillarda Bektemir tumani hokimi, 2016-2018 yillarda Yakkasaroy tumani hokimi sifatida ham ishlagan.

    Boshqa yangiliklar