1

Romario: Neymar Peledan ham o`tib ketishi mumkin

Sport 27.10.2014, 16:38
Romario: Neymar Peledan ham o`tib ketishi mumkin

1994 yilda Braziliya terma jamoasi tarkibida jahon chempioni bo`lgan afsonaviy Romario "Barselona" hujumchisi Neymar haqida yuqori fikr bildirdi.
"Neymar garchi juda yosh bo`lsada, jahon futboli uchun qay darajada ahamiyat kasb etishini yaxshi bilamiz. Shuningdek Braziliya futboli uchun ham. U Braziliya ishonadigan futbolchilar sirasiga kiradi.
Neymar tarix yaratish uchun lozim bo`lgan barcha hislatga ega. Bizda katta iqtidorga ega futbolchilar ko`p bo`lgan, ammo hech biri oxiriga qadar iqtidorini ochib bera olmagan.
Ha, bu yilgi JCh unga atalmadi. Ammo Neymarda hali vaqt bor. U endi 22 yoshga to`ldi va terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to`purarlardan bo`lib turibdi. Agarda u shunday davom ettirsa, qachondir Peledan o`tib ketadi", - deydi Romario.

Manba: www.sport-express.ru   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1