«GM Uzbekistan» kompaniyasi xaridorlarga hozirda mavjud bo`lgan avtomobillarni taklif etib, ularni 3 kunda etkazib berishni ta`minlashini ma`lum qildi.
Bir zumda sotish uchun dilerlarda 5,8 mingdan ziyod avtomobil barcha ranglarda va komplektasiyalarda mavjud:
- «Cobalt» - 1 067 dona;
- «Lacetti» - 1 235 dona;
- «Malibu» - 520 dona;
- «Spark» - 3 015 dona;
«GM Uzbekistan» avtomobillarini barcha ranglarda va komplektasiyalarda «Uzavtosavdo online» platformasi orqali sotib olish mumkin. Buning uchun kompaniya saytiga kirish yoki «Uzavtosavdo» ilovasini yuklab olish, identifikasiyalash yagona tizimi ( One ID)da ro`yhatdan o`tish, onlayn yo`riqnomaga muvofiq istalgan avtomobilni tanlash lozim.






