Sanoat, radiasiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma`lum qildi.
Farmon bilan Er qa`rini geologik o`rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi negizida Sanoat xavfsizligi davlat qo`mitasi va uning hududiy boshqarmalari tashkil etildi.
Qo`mita Hukumatning Geologiya, yoqilg`i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi tarkibiga kiradi.
Farmonga muvofiq:
• radiasiya va yadro xavfsizligini ta`minlash;
• sanoat, radiasiya va yadro xavfsizligi, istirohat bog`lari attraksionlarini ekspluatasiya qilishga oid qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davalat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish;
• atom energiyasidan foydalanish sohasini lisenziyalash qo`mitaning asosiy vazifalari hisoblanadi.
Qo`mita Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to`g`risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo`lgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari ro`yxatiga kiritildi.






