AsosiyJamiyat

O`zbekistonda valyuta ayirboshlash shoxobchalari video kuzatuv kameralari bilan jihozlanadi

'O`zbekistonda valyuta ayirboshlash shoxobchalari video kuzatuv kameralari bilan jihozlanadi'ning rasmi

Endilikda valyuta ayirboshlash shoxobchasining xodimi o`zi qabul qilgan banknotaning haqiqiyligi hamda muomalaga yaroqliligi uchun javobgardir, deb yozadi O`zA.

Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operasiyalarini amalga oshirish tartibi to`g`risidagi nizomga kiritilgan o`zgartirish va qo`shimchalar Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan o`tkazildi. Bu haqida vazirlikning «Huquqiy axborot» kanali ma`lum qildi.

Kiritilgan qo`shimchalarga muvofiq, valyuta ayirboshlash shoxobchasi endilikda video kuzatuv kameralari bilan ham jihozlanadi.

Shuningdek, 09002-son shakldagi ma`lumotnomaning (jismoniy shaxslardan chet el valyutasini valyuta ayirboshlash shoxobchasi tomonidan sotib olinganligini tasdiqlaydigan hujjat) bir nusxasi jismoniy shaxsga beriladi, ikkinchi nusxasi kunlik hujjatlarga tikib qo`yiladi.

Bundan tashqari, endilikda valyuta ayirboshlash shoxobchasining xodimi o`zi qabul qilgan banknotaning haqiqiyligi hamda muomalaga yaroqliligi uchun javobgardir.

    Boshqa yangiliklar