"O`zbekiston havo yo`llari" milliy aviakompaniyasi noqulay meteosharoit tufayli Toshkent, Farg`ona, Urganch va Nukus xalqaro aeroportlari havo kemalarini qabul qilmayotganligini bildiradi. Barcha qatnovlar yaqin aeroportlarga yo`naltiriladi.
Havo maskani atrofini kuchli tuman qoplagan, ko`rish chegarasi esa belgilangan minimumdan past. Xalqaro qoidalarga ko`ra, bunday sharoitda havo kemalarini qo`ndirish taqiqlanadi.
Hurmatli yo`lovchilar, Sizdan quyidagi telefonlar orqali qatnovlarning jo`nash va etib kelish vaqtini aniqlashtirib olishni so`raymiz +99871 140 28 01/02/03/04.






