O`zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyat Kengashining navbatdan tashqari Kengashi qarori bilan Murod Zufarov Mirjalolovich viloyat kengashi raisi etib tasdiqlandi. U bu lavozimda bugun o`z vazifasidan ozod etilgan Anarboev Salim Maxmudovichning o`rnini egalladi. Qayd etish kerakki, Murod Zufarov Mirjalolovich shu paytga qadar O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining o`rinbosari, «Kamalak» bolalar tashkilotlari va boshlang`ich tashkilotlar bilan ishlash kompleksi rahbari sifatida faoliyat olib borgan edi.
Ma`lumot o`rnida, O`zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashining endilikda sobiq rahbariga aylangan Salim Anarboev bir vaqtning o`zida Angren shahar hokimining yoshlar masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimida ham ishlagan.






