AQShning Time nashri tahririyati bir guruh jurnalistlarga “Yil odami” unvonini berganini e`lon qildi, deya xabar berdi Gazeta.ru nashri.
Jumladan, Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulligida o`ldirilgan jurnalist Jamol Qoshiqchi hamda Capital Gazette nashri ofisidagi otishmada halok bo`lgan muxbirlar 2018 yilning “Yil odami” deya qayd etilgan. Shuningdek, ushbu ro`yxatda Reuters axborot agentligining Myanmada davlat siri haqidagi qonunni buzganlik uchun 7 yilga ozodlikdan mahrum qilingan jurnalistlari Va Lone va Kyau So Oo hamda Filippinning muxolif sayti muharriri Mariya Ress ham bor.