AsosiyJamiyat

"Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish a`lochisi" ko`krak nishoni bilan kimlar taqdirlanadi?

'"Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish a`lochisi" ko`krak nishoni bilan kimlar taqdirlanadi?'ning rasmi

Adliya vazirligi «Huquqiy axborot» kanalining xabar qilishicha, yangi ta`sis etilgan ko`krak nishoni bilan mamlakatimiz aholisining uy-joy sharoitlarini yaxshilash, muhandislik kommunikasiyalarini o`z vaqtida sifatli qurish va ta`mirlash, ularning atrofidagi hududlarni obodonlashtirish, uy-joy kommunal xizmatlar ko`rsatish tashkilotining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va zamonaviy uskunalar bilan jihozlash ishlarida yuqori natijalarni qo`lga kiritgan, soha rivojiga munosib hissa qo`shgan fuqarolar taqdirlanadi.

Ko`krak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining to`rt baravari miqdorida bir yo`la to`lanadigan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

    Boshqa yangiliklar