AsosiyJamiyat

Xotin-qizlar qo`mitasi yordamida 18 ming oila saqlab qolindi

'Xotin-qizlar qo`mitasi yordamida 18 ming oila saqlab qolindi'ning rasmi

Respublikamizda oilalarni mustahkamlash maqsadida O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi va Oliy sud o`rtasida Memorandum imzolangan.

Unga ko`ra respublikamizning barcha hududlarida ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan yakka tartibda ishlar yo`lga qo`yildi. Bundan ko`zlangan asosiy maqsad - jiddiy o`ylamasdan ajrashishga qaror qabul qilishning (oilaviy haetga uchinchi tarafning aralashuvi, moddiy etishmovchilik, ishsizlik va shunga o`xshash) oldini olish va eng avvalo, farzandlar manfaatlarini himoya qilishdir.

Joriy yil davomida 24 ming 53 ta oilalarning 18 ming 97 tasi (75,2 foizi) jamoatchilik vakillari tomonidan yarashtirildi.

Shu bilan birga oilada zo`ravonlik holatlari bo`lib, ayol haetiga tahdid solsa, farzandlar tarbiyasiga salbiy ta`sir ko`rsatsa, oila qonuniy ajrashtiriladi va ayol va farzandlar manfaatlari ta`minlanadi.

Joylarda FHDYo organlari qoshida “Oila dorilfununlari” tashkil qilinib, ularda nikohlanuvchi yoshlar uchun 1 oylik o`quvlar tashkil qilinmoqda.

    Boshqa yangiliklar