Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi "Bekobod avto" chegara bojxona posti xodimlari tomonidan, ushbu postga piyoda holda kirib kelgan fuqaro B.D. bojxona nazoratidan o`tkazilganida, og`zaki so`rovida ma`lum qilinmagan, o`ng va chap oyoqlariga kiyib olgan paypoqlari ichiga yashirgan xolda 20 ming AQSh dollarini respublikamizdan olib chiqishga bo`lgan urinishi aniqlandi.
Shuningdek, "G`ishtko`prik" chegara bojxona posti xodimi tomonidan ushbu postga piyoda holda kirib kelgan fuqaro D.K. xolislar ishtirokida shaxsiy ko`rikdan o`tkazilganida, egnidagi ichki kiyimi ichiga yashirilgan va og`zaki so`rovda taqdim qilinmagan 1 mln. qozoq tengesini qo`shni davlatga olib o`tayotganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.






