Jismoniy va yuridik shaxslar mulkining qo`riqlanishini ta`minlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Prezident qarori (PQ-4060, 12.12.18 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali ma`lum qildi.
Qarorga ko`ra:
- huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi qurashish tizimiga “Xavfsiz xonadon” konsepsiyasi joriy etiladi;
- 2022 yil 31 dekabrga qadar respublikaning barcha hududlarida markazlashgan kuzatuvning avtomatlashtirilgan tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi;
- yangi turar joylar IIB organlari bilan kelishilgan holda majburiy tarzda qo`riqlash-yong`in tashvishgohlari va gazoanalizatorlar bilan jihozlanadi;
- respublika mahallalarining xavfsizlik darajasi har chorakda reyting asosida baholanadi hamda har yili “Eng xavfsiz mahalla” respublika tanlovi o`tkaziladi;
- IIV Qo`riqlash bosh boshqarmasi tarkibida asosiy faoliyat yo`nalishi ko`riqlov texnik vositalari va tizimlarini montaj qilish, ta`mirlash va ularga texnik xizmat ko`rsatish bo`lgan “Qo‘riqlash Servis” DUK tashkil etiladi.
2019 yil 1 yanvardan boshlab jismoniy shaxslarning uy-joylari va xonadonlariga foydalanish uchun beriladigan ko`riqlov texnik vositalarini o`rnatish va bepul texnik xizmat ko`rsatish ishlarini bajarish ichki ishlar organlari mablag`lari hisobidan amalga oshiriladi.






