AsosiyJamiyat

Olis tumanlardan kelib, o`qishga kira olmagan 50 nafar abiturient talaba bo`ldi

'Olis tumanlardan kelib, o`qishga kira olmagan 50 nafar abiturient talaba bo`ldi'ning rasmi

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining matbuot xizmati ma`lumotiga ko`ra, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filialining tegishli ta`lim yo`nalishlariga (fanlar majmuasi mos bo`lgan) hujjat topshirib, test sinovlari natijasiga ko`ra o`qishga tavsiya etilmagan, biroq to`plagan ballari 68,0 ball (to`lov-kontrakt uchun 56,7 ball) va undan yuqori bo`lgan abiturientlar hisobidan Qoraqalpog`iston Respublikasining olis – Kegeyli, Qorao`zak hamda Taxtako`pir tumanlarida doimiy yashayotgan 50 nafar abiturientlar (25 nafardan davlat granti va to`lov-kontrakt asosida) tegishli tibbiyot ta`lim yo`nalishlariga talabalikka qabul qilindi.

Shuningdek, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali hamda Qoraqalpog`iston Respublikasidagi oliy ta`lim muassasalarining tegishli ta`lim yo`nalishlariga (fanlar majmuasi mos va turdosh bo`lgan) hujjat topshirib, test sinovlari natijasiga ko`ra o`qishga tavsiya etilmagan, biroq to`plagan ballari istisno tariqasida 56,7 ball va undan yuqori bo`lgan abiturientlar hisobidan Mo`ynoq tumanida doimiy yashayotgan 25 nafar abiturientlar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filialining tegishli tibbiyot ta`lim yo`nalishlariga davlat granti asosida o`qishga qabul qilindi.


    Boshqa yangiliklar