Bugun, 14 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan artist Obid Asomov 55 yoshida o`tkir infarkt xastaligidan Toshkentdagi 1-shahar klinik shifoxonasida vafot etdi.
Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi axborot xizmati ma`lum qildi.
Obid Asomov 1963 yil 22 oktyabr kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida tavallud topgan.
"Darakchi" gazetasi tahririyati marhumning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etadi.