AsosiyJamiyat

Marhum Obid Asomov "Kamolon" qabristonida dafn etiladi

'Marhum Obid Asomov "Kamolon" qabristonida dafn etiladi'ning rasmi

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist, marhum Obid Asomov "Kamolon" qabristonida dafn etiladi. Bu haqda "O`zbekkino" MA matbuot xizmati xabar berdi.

"Marhum qiziqchi va aktyor Obid Asomov 2018-yilning 15 dekabr kuni soat 12:00 da o`z uyidan so`nggi manzilga kuzatiladi. Janoza namozi 13:00 da Toshkent shahri "Kamolon" masjidida o`qiladi», - deyiladi agentlik xabarida.

Obid Asomov 55 yoshida o`tkir infarkt xastaligidan Toshkentdagi 1-shahar klinik shifoxonasida hayotdan ko`z yumdi.

    Boshqa yangiliklar