AsosiyDunyo

Jodugar achchiq qalampir bilan o`ldirildi

Hindistonning Chxattisgarx shtatida “jodugar”ga o`lguncha qalampir bilan edirishdi, deya xabar beradi Agence France-Presse. 55 yoshli bevadan erining qarindoshlari jodugarlik va qora amallar bilan shug`ullanganlikda shubha qilishdi.

Polisiya ma`lumotiga ko`ra, kelishmovchilikka “jodugar”ning jiyanining kasallikka chalinishi sabab bo`lgan. Yaqinlar ayoldan la`natni olib tashlashni talab qilib, uning uyi oldigan to`planishgan. Ayol o`zining aybsiz ekanligini aytganida esa odamlar unga tashlanishgan va uni tayoqlar, mushtlar bilan ura ketishgan. Keyin esa ko`zlari, quloqlari va tananing boshqa a`zolariga achchiq qalampir tiqishgan. “Jodugar”ning 28 yoshli uni kasalxonaga olib borgan, biroq u o`sha erda vafot etgan. Polisiya bu jarayonda ishtirok etgan 12 kishini qo`lga oldi, ulardan to`rt nafari ayol.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar