AsosiyJamiyat

"Lokomotiv" bog`ida Yangi yil archasi yonib ketdi

'"Lokomotiv" bog`ida Yangi yil archasi yonib ketdi'ning rasmi

Mirzo Ulug`bek tumanidagi "Lokomotiv" istirohat bog`ida Yangi yil oldidan o`rnatilgan archa yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Yong`in Yangi yil archasini o`rnatish vaqtida yuz bergan va archaning uch qismi yongan.

Dastlabki taxminlarga ko`ra, yong`inga archani bezab turgan yonib-o`chib turuvchi chiroqlardagi qisqa tutashuv sabab bo`lgani aytilmoqda.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar va qurbonlar yo`q.

IIBB uylar, ishxonalar va boshqa muassasalarda archa o`rnatishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni eslatgan.

    Boshqa yangiliklar