AsosiyJamiyat

GM Uzbekistan Malibu va Lacetti avtomobillari uchun chegirmalarni uzaytirdi

'GM Uzbekistan Malibu va Lacetti avtomobillari uchun chegirmalarni uzaytirdi'ning rasmi

GM Uzbekistan axborot xizmati ma`lum qilishicha, ko`p sonli talab va istaklarga binoan kompaniya Chevrolet Malibu va Lacetti avtomobillari uchun chegirmalarni uzaytiradi. Xaridorlarga avtomobil xaridini rasmiylashtirish jarayonida qulayliklar yaratish maqsadida chegirmalar etti kun — 15 dan 22 dekabrgacha amal qiladi.

Ushbu kunlar davomida Chevrolet Malibu avtomobili uchun 100 foiz to`lov amalga oshirgan xaridor 9 061 866 million so`mgacha, Lacetti uchun 3 858 136 so`mgacha chegirmaga ega bo`ladi.

Malibu avtomobillarini xarid qilish uchun shartnomalar tuzish 2018 yilning 31 dekabriga qadar davom etadi.

    Boshqa yangiliklar