AsosiyJamiyat

Prezidentning “Avtoklub” sovg`alari topshirildi

'Prezidentning “Avtoklub” sovg`alari topshirildi'ning rasmi

O`zbekiston davlat konservatoriyasida O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan ilk bora O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtoklub” sovg`alarini tantanali topshirish marosimi bo`lib o`tdi, deb xabar bermoqda O`zA.

Andijon va Navoiy viloyatlariga topshirilgan “Avtoklub” avtobuslaridan respublikamizning chekka hududlarida istiqomat qilayotgan xalqimizga madaniy tadbirlar tashkil etish va ularning madaniy saviyasini oshirishda foydalaniladi.

photo5233374378836732329.jpg

Avvallari, chekka hududlarda biror tadbirlar tashkil etsak, mashina, transport topish muammo bo`lar, anchayin qiynalar edik – deydi Andijon viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig`i Marhabo Sattorova. Hammaga ma`lumki, Andijon viloyati aholisi zich joylashgan va judayam san`atsevar xalq. Bugun bizga topshirilgan Prezident sovg`asi bo`lmish “Avtoklub” avtobuslaridan viloyatimizning chekka hududlari aholisi uchun tadbirlar, uchrashuvlar tashkil etish, xalqimizga madaniy xizmat qilishda foydalanamiz. Biz yurtboshimiz va vazirlik mutasaddilaridan judayam minnatdormiz.

photo5233374378836732332.jpg

photo5233374378836732335.jpg

photo5233374378836732336.jpg

    Boshqa yangiliklar