Farg`ona viloyatining Yozyovon tumanida 15 dekabrga o`tar kechasi Yangiobod MFYda yashovchi, uy bekasi, M.X.(ismli ayol) uyida isitish pechiga ko`mir solib uxlab qolishi oqibatida birga yashagan 2017 yilda tug`ilgan qizi, ko`mir isidan zaharlanib vafot etgan.
Mazkur xolat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deb xabar bermoqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.






