AsosiyDunyo

“Shindler ro`yxati” dramasi qayta prokatga qo`yildi

'“Shindler ro`yxati” dramasi qayta prokatga qo`yildi'ning rasmi

Stiven Spilbergning afsonaviy “Shindler ro`yxati” dramasi AQShda qayta prokatga qo`yildi, deya xabar berdi Kinonews.ru nashri.

Film 25 yillik yubileyi munosabati bilan kinoprokatdan bir hafta davomida 550 ming dollar yiqqan.

Eslatib o`tamiz, filmda nemis tadbirkori Oskar Shindler Ikkinchi jahon urushi davomida minglab yahudiylarni nasistlar changalidan qutqarib qoladi.

Film 7 nominasiya, jumladan, “Eng yaxshi film”ni ham qo`lga kiritgan.

Mazkur filmda Liam Nison, Ben Kingsli va Reyf Faynslar bosh rollarni ijro etishgan.

    Boshqa yangiliklar